«Real» hujumchisi boshqa klub nishoniga aylandi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Alvaro Rodriges boshqa ispan klubining nishoniga aylandi. Relevo xabariga ko‘ra, 19 yoshli hujumchini yaqinda La Ligaga ikkinchi diviziondan qaytgan «Alaves» ijaraga olmoqchi.

Manbaning xabar berishicha, «Real Madrid» allaqachon Rodrigesni ijaraga berishdan bosh tortgan. Futbolchining o‘zi ham ketishni istamasligini ochiq aytdi.

Eslatib o‘tamiz, «Real Madrid» Karim Benzema ketganidan keyin yangi hujumchi xarid qilmagan edi. Xoselu jamoaga fransiyalik futbolchining o‘rinbosar rolini bajarish uchun kelgan. Rodriges bu pozisiyani yopishga qodir futbolchilardan biri.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter