Xavi durangni izohladi

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi La Liga 1-turidan o‘rin olgan «Xetafe»ga qarshi o‘yindagi durangni (0:0) izohladi.

«Biz g‘alaba qozonishga harakat qildik, biroq faqat bir ochko qo‘lga kiritdik, men buni yetarli emas deb bilaman. Lekin bu unchalik katta muammo emas. O‘tgan mavsumni ham durang bilan boshlagandik. Ammo keyin hammasi yaxshi bo‘ldi. Biz o‘n kishi bilan munosib o‘ynadik, shu bilan birga imkoniyatlar yaratdik. Ular bundan foydalanmagani achinarli, raqib esa vaqt cho‘zib, durang uchun o‘ynashdi», – deya Xavining so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter