«Inter» «Bolonya» bilan kelisha olmayapti
Milanning «Inter» klubi «Bolonya» hujumchisi Marko Arnautovichni qo‘lga kiritishga urinmayapti.
«Bolonya» direktori Jovanni Sartori yaqinda 34 yoshli futbolchini joriy transfer oynasida sotilmasligini aytdi.
Biroq, La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Arnautovich uchun «Inter» 8 million yevro taklif qilgan.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, «Bolonya» hujumchini 10 million yevroga baholamoqda. Balki yaqin kunlarda klublar murosaga kelishar.
Marko Arnautovichga «Roma» ham qiziqish bildirgan. A Seriyaning so‘nggi mavsumida futbolchi 21 o‘yinda maydonga tushib, o‘nta gol urdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/