Bokschi qizlarimiz MDH o‘yinlarini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlashdi: 12 bokschi – 12 medal
MDH o‘yinlarida boks bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi bellashuvlar o‘z yakuniga yetdi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston qizlar toyerma jamoasi musobaqada 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.
Terma jamoamiz safida sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:
Oltin:
-48 kg: Gulsevar Ganiyeva
-50 kg: Robiyaxon Baxtiyorova
-54 kg: Uzukjamol Yunusova
-63 kg: Sitora Baxodirova
-70 kg: Oysha Toirova
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva
Kumush:
-52 kg: Zilolaxon Yusufova
-75 kg: Sanobar Bozorboyeva
Bronza:
-57 kg: Mushtariybonu Ibroximjonova
-60 kg: Odinaxon Ismoilova
-66 kg: Aysanem Saruarova
+81 kg: Diyoraxon Abdumannobova.
Bugun musobaqada yigitlar o‘rtasida final bellashuvlari o‘tkaziladi.
Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/