«Leypsig» 34 million yevro evaziga «Lion» iqtidorini xarid qildi

Kastello Lukeba 34 million yevro evaziga «Lion»dan «Leypsig»ga o‘tdi.

20 yoshli futbolchi nemis klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. «Leypsig»da Lukeba 23-raqamda harakat qiladi.

«Lion» fransuz futbolchisini bonuslar bilan birga 34 million yevroga sotganini va kelajakdagi qayta sotishdan tushgan foydaning 20 foizini olishini aytdi.

Liga 1ning so‘nggi mavsumida futbolchi “Lion” safida 34 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter