«Inter» Bundesliga klubidan 15 million yevrolik taklif oldi

«Inter»ning chap qanot himoyachisi Robin Gosens hamon Bundesliga klubiga o‘tishi mumkin.

Mish-mishlar 29 yoshli futbolchini yoz boshidan buyon bir qancha turli klublar bilan bog‘lashdi, biroq da’vogarlarning hech biri kelishuvga erisha olmadi. Sky Sport xabariga ko‘ra, «Inter» «Union Berlin»dan Gosens uchun yangi taklif olgan. Potensial transfer narxi 15 million yevroga baholanmoqda, bu «neradzurrilar»ga juda mos keladi. Hozir tomonlar o‘tish jarayonining tafsilotlarini muhokama qilmoqda.

Robin Gosensni «Inter» «Atalanta»dan 27,4 million yevroga sotib oldi. Nemis lateralining shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter