Xoland golsiz seriyasiga yakun yasadi

Erling Xoland Premyer-liga mavsumidagi ilk golini urdi.

“Manchester Siti” hujumchisi Angliya chempionati 1-turi doirasida “Byornli”ga qarshi o‘yinning to‘rtinchi daqiqasidayoq hisobni ochdi.

Norvegiyalik hujumchi klub safida rasmiy o‘yinlarda olti o‘yindan beri gol ura olmayotgan edi.

Bungacha Erling Xoland 14 may kuni APL doirasida «Everton»ga qarshi o‘yinda (3:0) raqib darvozasini ishg‘ol qilgandi.

Hujumchi o‘tgan mavsumda APLning 35 o‘yinida 36 ta gol urdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter