«Tottenxem» ustozi: «Tushunishimcha, Keyn «Bavariya»ga o‘tdi»

«Tottenxem» bosh murabbiyi Anj Postekoglu hujumchi Xarri Keynning «Bavariya»ga o‘tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

«Meni tushunishimcha, ishlar amalga oshiriladigan darajaga yetdi. Mening bilishimcha, shartnoma yaqin. Manevr uchun joy qoldirishingiz mumkin, ammo biz Xarrisiz «Brentford»ga qarshi o‘yinga tayyorlanyapmiz.

Keynga munosib o‘rinbosar topilmasa kerak, deb o‘ylayman, lekin to‘g‘risini aytsam, biz bu haqda anchadan beri o‘yladik. Bu sodir bo‘lishini bilish uchun ko‘p ko‘zatuv talab qilinmadi. Biz esa shuni hisobga olgan holda harakat qildik» – dedi murabbiy juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter