Salohning agenti uning kelajagi haqida gapirdi
«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh ushbu transfer oynasida jamoasini tark etish niyatida emas. Futbolchining agenti agar misrlik chindan ham ketishni istasa, bir yil avval shartnomani uzaytirmagan bo‘lardi, deb ochiqchasiga aytdi.
«Agar Muhammad shu yozda «Liverpul»ni tark etishni xohlaganida, u bir yil oldin shartnomasini uzaytirmagan bo‘lardi», – deydi agent.
So‘nggi paytlarda Salohga Saudiya Arabistonidan qiziqish borligi haqida mish-mishlar tarqaldi, ammo agentning so‘zlariga ko‘ra, misrlikni bu variant qiziqtirmayapti.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/