Marselo uzr so‘radi
«Fluminense» himoyachisi Marselo Libertadores kubogi 1/8 finalining «Argentinos Xuniors» jamoasiga qarshi birinchi o‘yinida (1:1) qizil kartochka olgani uchun uzr so‘radi.
«Bugun men maydonda juda og‘ir damlarni boshdan kechirishimga to‘g‘ri keldi. Men tasodifan hamkasbimni jarohatlab qo‘ydim. Tezroq tuzalib ketishingizni tilayman, Luchiano Sanches. Dunyoning barcha qudrati sizga!» – deb post qoldirdi Marselo ijtimoiy tarmoqda.
Uchrashuvning 58-daqiqasida 35 yoshli braziliyalik Luchiano Sanchesga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun qizil kartochka oldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/