«Milan» serdaromad klublar qatoriga qöşildi

«Milan» klubi Adidas bilan yangi şartnoma imzolaş orqali Yevropada texnik homiylikdan eng köp daromad oladigan klublar qatoriga qöşiladi.

Ma’lumotlarga köra, hamkorlikning umumiy qiymati 500 million yevroni taşkil etadi. Tomonlar örtasidagi kelişuv 10 mavsumga möljallangan bölib, bu «Milan»ga har yili örtaça 50 million yevro daromad keltiradi.

Şu tariqa, «rossonerilar» texnik homiylik şartnomalari qiymati böyiça Yevropa reytingida 10-örinni egallaydi. Reytingda «Real» yiliga 120 million yevro bilan peşqadam. Undan keyin «Mançester Siti» (115 million), «Barselona» (108 million), «Mançester Yunayted» (105 million) va «PSJ» (100 million yevro) joylaşgan. «Arsenal» yiliga 85 million, «Liverpul» va «Çelsi» esa 70 million yevrodan daromad oladi.

Qiziği, «Milan» Adidas bilan hamkorlik qilayotgan Yevropa klublari orasida ham beşinçi örinda turadi. Undan faqat «Real», «Mançester Yunayted», «Arsenal» va «Liverpul» yuqorida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter