Ruis «PSJ»ning Çempionlar ligasidagi yirik ğalabasini kimlarga bağişlaganini aytdi
«PSJ» yarim himoyaçisi Fabian Ruis Çempionlar ligasi umumiy bosqiçi 4-turida «Vilyarreal» ustidan qozonilgan yirik ğalaba (6:0) haqida fikr bildirdi.
Ispaniyalik futbolçi uşbu ğalabani «Segunda» uçraşuvida darvozabon bilan töqnaşuvdan söng hayotdan köz yumgan vatandoşi Xesus de Migelga, şuningdek, Toledo viloyatidagi temir yöl halokati qurbonlariga bağişlaganini ma’lum qildi.
«Avvalo, Xesus de Migelning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirmoqçiman. Uşbu ğalaba unga, şuningdek, Ispaniyadagi temir yöl halokati qurbonlariga bağişlanadi. Bu juda oğir kunlarda mamlakatimni töliq qöllab-quvvatlaşimni bildirmoqçiman.
Biz juda yaxşi öynadik. Uçraşuvni dastlabki törtta gol bilan boşlaganimiz hal qiluvçi ahamiyat kasb etdi. Şundan söng biroz xotirjamroq harakat qildik», — deya Ruisning sözlarini «PSJ» matbuot xizmati keltirmoqda.
Luis Enrike jamoasi 12 oçko bilan Çempionlar ligasi turnir jadvalida birinçi örinda bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/