Mbappe Fransiya sardori sifatida Platini rekordini takrorladi
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe milliy jamoa sardori sifatida urilgan gollar bo‘yicha Mishel Platini rekordini takrorladi.
Turkiyaga qarshi 1:0 hisobida yakunlangan uchrashuvdagi gol Mbappe uchun Fransiya sardori sifatidagi 31-goli bo‘ldi. Bu borada u Platini bilan tenglashdi.
Shuningdek, Mbappe 2026 yilda Fransiya terma jamoasi safida 12 ta gol urdi va bir kalendar yildagi shaxsiy eng yaxshi natijasini takrorladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/