«Barselona»ning sobiq a’zosi Yamal va Messini taqqosladi
O‘tmishda «Barselona» sharafini himoya qilgan Xavyer Saviola kataloniyaliklarning qanot hujumchisi Lamin Yamal hamda hozirda MLSda to‘p surayotgan «ko‘k-anorranglilar»ning sobiq yulduz forvardi Lionel Messi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Yamal hali ham o‘z faoliyatining boshlanishida va u dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanish uchun to‘g‘ri yo‘lda bormoqda. Messi allaqachon tarixda o‘z izini qoldirib bo‘lgan, Laminda esa hammasi hali oldinda», — deydi Saviola.
Joriy mavsumda 19 yoshli Yamal barcha musobaqalarda sakkizta o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va oltata golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer qiymati 220 million yevroni tashkil etadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/