Abdurahmonov ham gol urdi (+Video)
Osiyo o‘yinlarining chorak final bosqichida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvda hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
Bahsning 87-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Firdavs Abdurahmonov raqib darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Avvalroq, 12-daqiqada Dilshodbek Murtazoyev hisobni ochgan bo‘lsa, 77-daqiqada Azizbek To‘lqinbekov ikkinchi golni urgan edi.
Osiyo o‘yinlari. Chorak final
O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni — 3:0
Gollar: Dilshodbek Murtazoyev, 12 — 1:0; Azizbek To‘lqinbekov, 77 — 2:0; Firdavs Abdurahmonov, 87 — 3:0.
Manba: www.stadion.uz.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/