Mourinyoning qattiqqo‘lligi haqida Xyoysen nimalar dedi?

«Real»ning 21 yoshli markaziy himoyachisi Din Xyoysen bosh murabbiy Joze Mourinyu nega unga yuqori talab qo‘yayotganini yaxshi tushunishini aytdi.

«U bunday qilayotganining sababini tushunaman. Chunki Mourinyu mening nimalarga qodirligimni biladi. U meni koyiydi, deb aytmagan bo‘lardim, ammo menga nisbatan juda talabchan.

U mening rivojlanishimni va jamoaga ko‘proq foyda keltirishimni xohlaydi. Bu esa yaxshi», — dedi Xyoysen.

Ispaniyalik himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarni hisobga olganda 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo hozircha gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.

«Real» navbatdagi uchrashuvini 10 oktyabr kuni o‘z maydonida «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter