«Real Sosyedad» murabbiyi 1:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin fikr bildirdi

«Real Sosyedad» bosh murabbiyi Pellegrino Matarasso Ispaniya chempionati 1-turidan qoldirilgan «Real»ga qarshi uchrashuvdagi 1:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin jamoasi to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilayotganini ta’kidladi.

— Matematik sifatida, o‘tgan mavsum oxiri va joriy mavsum boshini hisobga olganda, jamoangiz yevrokuboklar uchun kurasha oladi, deb o‘ylaysizmi?

«Avvalo, biz endi o‘tgan mavsumda emasmiz. Ikkinchidan, men unchalik yaxshi matematik emasman: matematikani o‘rganganman, ammo bu bilan shug‘ullanganimga juda ko‘p yil bo‘ldi. Menimcha, so‘nggi ikki o‘yinda jamoaning himoyada boshqacha harakat qilayotgani va boshqa tuzilmadan foydalanayotgani ko‘rindi. Hozircha buni to‘liq 90 daqiqa davomida amalga oshira olmayapmiz, ammo boshqa jihatlar ustida ham ishlayapmiz. Shuning uchun to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganimizga ishonaman. Shu bilan birga, hozir yana g‘alaba qozona boshlashimiz kerakligini ham tushunaman», — dedi Matarasso AS nashriga.

— Jamoa uchinchi turdayoq bosim ostida o‘ynashga tayyormi? Hisobda hali ochko yo‘q va oldinda mavsumdagi ilk uy uchrashuvi turibdi.

«Har bir o‘yin — jiddiy imtihon. Albatta, biz o‘z maydonimizda o‘ynaymiz va ikki mag‘lubiyatdan keyin bosim ortadi. Biz buni tushunamiz va endi uch ochkodan jamg‘ara boshlash vaqti kelganini bilamiz. Buning uchun mavsumdagi ilk uy uchrashuvidan yaxshiroq imkoniyat bo‘lishi qiyin. Shu bois o‘yinga katta ishtiyoq bilan tayyorlanyapmiz», — dedi murabbiy.

Ayni paytda «Real» 6 ochko bilan La Liga turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. «Real Sosyedad» esa ochkosiz 20-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter