Mbappe JCH-2022 finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng nima uchun yig‘lamaganini tushuntirdi
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 2022 yilgi mundialning final uchrashuvida Argentinadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nima uchun ko‘zyosh to‘kmaganini tushuntirib berdi.
«Ko‘pchilik meni yig‘lashni bilmaydi deb o‘ylaydi. Mendan boy berilgan finaldan keyin nega yig‘lamaganim haqida tez-tez so‘rashadi. O‘sha vaziyatda buni umuman xohlamagandim. Men nokaut holatida edim, meni xuddi reallikdan uzib qo‘yishgandek edi. Agar o‘shanda haqiqatan ham yig‘lagim kelganida, tuyg‘ularimni jilovlab o‘tirmasdim», — deya futbolchining so‘zlarini Le Parisien nashri keltirmoqda.
Jahon chempionati – 2026 guruh bosqichining startlanuvchi uchrashuvida Fransiya terma jamoasi Senegal terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs seshanba kuni, 16 iyun sanasida bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
