Vinisius JCH-2026 dagi maqsadi haqida: “Nechta gol urishimning ahamiyati yo‘q”

Madridning “Real” klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior Jahon chempionatida o‘zidan va jamoasidan nimalar kutayotgani haqida gapirib berdi. Karlo Anchelotti boshchiligidagi jamoa mundialda Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.

“Oldinda sakkizta o‘yin bor — men terma jamoamiz tarixini o‘zgartirishim mumkin. Gap gollar yoki assistlar haqida emas, balki yaxshi o‘yin ko‘rsatish va jamoadoshlarimga ishonch bag‘ishlay olish haqida ketmoqda. Qancha gol urishimning ahamiyati yo‘q. Faqat yakunda nimaga erishishimiz muhim”, — deya Madrid Xtra Vinisiusning so‘zlarini keltiradi.

“Pentakampeonlar” turnirdagi yurishini Marokashga qarshi uchrashuv bilan boshlashadi. To‘qnashuv 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter