Rodri Silvaning “Real”ga o‘tishi haqida fikr bildirdi

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri o‘zining sobiq jamoadoshi Bernardu Silvaning tez orada Madridning “Real” klubiga o‘tishi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 31 yoshli portugaliyalik futbolchi “qaymoqranglilar” bilan kelishuvga erishgan.

“So‘zsiz, Bernardu har qanday klubda o‘ynab keta oladigan darajadagi futbolchi. U hali ham a’lo darajadagi sport formasida, jismoniy holati ideal va buyuk ishlarni amalga oshirishga tayyor”, — deya Rodrining El Larguero nashriga bergan intervyusidan iqtibos keltiradi.

Silva to‘qqiz yil davomida “Manchester Siti” sharafini himoya qildi. Yakunlangan mavsumda yarim himoyachi “shaharliklar” sardori vazifasini bajardi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter