«Nyukasl» Tonali uchun 115 mln yevro so‘ramoqda

Sandro Tonali klubini o‘zgartirishi mumkin. Gazzetta dello Sport nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «Nyukasl» yarim himoyachisiga «Arsenal», «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqish bildirmoqda.

Shu bilan birga, «Nyukasl» Tonalini osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas. Klub rahbariyat ushbu 26 yoshli italiyalik futbolchini loyihaning asosiy figuralaridan biri deb hisoblaydi va unda jamoaning kelajakdagi tayanchini ko‘rmoqda.

Tonalining «Nyukasl» bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Angliya klubi yarim himoyachini 115 million yevroga baholamoqda.

Qayd etilishicha, bunday katta summa grand klublarni cho‘chitmayapti. «Nyukasl» futbolchiga bo‘layotgan qiziqishlarni tushunib turibdi, biroq u bilan faqat juda sezilarli va jiddiy mablag‘ evaziga xayrlashishga tayyor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter