Rikelme: «Agar saylovda g‘alaba qozonsak, Klopp «Real» bosh murabbiyi bo‘ladi»

«Real» prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme saylovda g‘alaba qozongan taqdirda jamoa bosh murabbiyi sifatida Yurgen Kloppni ko‘rishni istashini ma’lum qildi. Saylov 7 iyun kuni o‘tkaziladi.

«Loyihamizda «Real» bosh murabbiyi sifatida ko‘rishni xohlayotgan mutaxassis — Yurgen Klopp. Agar dushanba kuni saylovda g‘alaba qozonsak, direktorimiz Raul Klopp bilan bog‘lanadi», — dedi Rikelme.

Uning so‘zlarini jurnalist va insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida keltirgan.

Prezidentlik saylovida ikki nomzod ishtirok etadi: amaldagi prezident Florentino Peres va ispaniyalik biznesmen Enrike Rikelme.

Yurgen Kloppning so‘nggi murabbiylik ish joyi «Liverpul» bo‘lgan. U klubni 2015–2024 yillar davomida boshqarib, Chempionlar ligasi va Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan. Hozirda Klopp Red Bull guruhida sport direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Manba: championat.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter