Leau faoliyatini qayerda davom ettirishini aytdi

“Milan” hujumchisi Rafael Leau faoliyatini qaysi chempionatda davom ettirishni xohlashini aytdi.

Avvalroq portugaliyalik futbolchi shu yozda “rossoneri”larni tark etishini ma’lum qilgandi.

“Men A Seriyadan tashqarida yangi chorlov xohlayman. Men APLni katta diqqat bilan kuzataman. Agar u yerda yoki La Ligada o‘ynash imkoniyatim bo‘lsa, juda xursand bo‘lardim, chunki u yerda mening iqtidorim yanada yuksalgan bo‘lardi. Bu yozda nima bo‘lishini ko‘ramiz”, — dedi Leau SportTV’ga bergan intervyusida.

O‘tgan mavsumdaLeau “Milan” safida barcha turnirlarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2028yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Manba: www.euro-football.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter