Sherki: «Fransiya Jahon chempionatiga favorit sifatida bormaydi, lekin hammani yanchib tashlaydi»

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Rayan Sherki o‘rtoqlik uchrashuvida Kot-d’Ivuardan uchralgan mag‘lubiyatga (1:2) izoh berdi.

«Albatta, biz Klerfontenda va butun mavsum davomida ko‘p mehnat qildik. Biroz charchoq bor, ammo asosiy maqsad — 16 iyun kungi o‘yinda yaxshi harakat qilish. Birinchi bo‘limda to‘pni yaxshi nazorat qildik. Ikkinchi bo‘limda esa ko‘plab o‘zgarishlar amalga oshirilgani sababli qiyinroq bo‘ldi. Bu bizni yanada diqqat-e’tiborli bo‘lishga undaydigan kichik ogohlantirish qo‘ng‘irog‘idir.

Jahon chempionatiga biz favorit sifatida bormaymiz, lekin hammani yanchib tashlaymiz. Maykl Olise bilan esa gaplashmasdan ham bir-birimizni tushunamiz. Bizda o‘yinni his qilish qobiliyati bor. Jamoamizdagi hamjihatlik shunchaki aql bovar qilmaydigan darajada», — deya Sherkining so‘zlarini keltiradi L’Equipe nashri.

Jahon chempionati-2026 da Fransiya «I» guruhida Senegal, Iroq va Norvegiya bilan, Kot-d`Ivuar esa «E» guruhida Germaniya, Kyurasao va Ekvador bilan bahs olib boradi.

Dushanba kuni Fransiya JCH-2026 oldidan so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter