Endi Koul: «Pep Gvardiolaning ketishi «Manchester Yunayted» uchun chempionlik imkoniyatini ochdi»
«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Endi Koul «qizil iblislar»ning kelgusi mavsumda APL chempionligini qo‘lga kiritish imkoniyatlarini baholadi.
«Agar ular yangi mavsumni o‘tgan mavsum oxirida ko‘rsatgan ishonch bilan boshlay olsalar, nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. O‘ylashimcha, hozir hamma shunday o‘ylayapti. Pepning «Manchester Siti»dan ketishi bizda Premyer-ligani yutish imkoniyati paydo bo‘lganini anglatadi», — dedi Koul.
O‘tgan mavsumda «MYU» APLda 3-o‘rinni egalladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/