«Yuventus» JCHda Klyuyvertning o‘yinini kuzatadi
«Yuventus» 2026 yilgi Jahon chempionati davomida Jastin Klyuyvertning o‘yinini kuzatib boradi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, turinliklar «Bornmut» yarim himoyachisini Braim Diasga («Real») muqobil variant sifatida ko‘rib chiqmoqda. «Byankoneri» rahbariyati Niderlandiya terma jamoasi futbolchisining Jahon chempionatidagi ishtirokini diqqat bilan kuzatishni rejalashtirmoqda.
Klyuyvert avvalroq Italiyada «Roma» sharafini himoya qilgan. U ikki yarim mavsum ichida A Seriyada 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan. Joriy mavsumda Jastin APLda 20 ta turda 2 ta gol bilan ajralib turgan bo‘lsa, o‘tgan mavsumda 34 ta o‘yinda 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/