CIES ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar soni bo‘yicha dunyoning eng mashhur klublari ro‘yxatini e’lon qildi

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) dunyoning eng ko‘p muxlisga ega futbol klublari reytingini taqdim etdi. Unga ko‘ra, Madridning «Real» klubi 487,6 million obunachi bilan sayyoramizning eng mashhur klubi deb topildi.

CIES ma’lumotlariga ko‘ra eng mashhur 20 ta klub (million hisobida):

O‘rin Klub Mamlakat Obunachilar soni
1 Real Madrid Ispaniya 487,6
2 Barselona Ispaniya 441,8
3 Manchester Yunayted Angliya 238,6
4 PSJ Fransiya 208,1
5 Manchester Siti Angliya 187,8
6 Liverpul Angliya 179,2
7 Yuventus Italiya 178,3
8 Bavariya Germaniya 165,2
9 Chelsi Angliya 156,5
10 Arsenal Angliya 118,5
11 Tottenxem Angliya 112,2
12 Atletiko Madrid Ispaniya 91,4
13 Inter Italiya 82,7
14 Milan Italiya 81,0
15 Flamengo Braziliya 71,6
16 An-Nasr Saudiya Arabistoni 66,0
17 Borussiya Dortmund Germaniya 64,6
18 Al-Ahli Misr 60,1
19 Galatasaroy Turkiya 54,6
20 Roma Italiya 43,4

Lionel Messi to‘p surayotgan «Inter Mayami» klubi ushbu reytingda 21-o‘rinni egallab, kuchli yigirmatalikka kirishga juda yaqin keldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter