Toni Kroos «Inter» himoyachisi haqida: «Unga qarshi yakkakurashga kirishishni hech kim istamaydi»

Toni Kroos «Inter» himoyachisi Yann Bissekni yuqori baholadi.

«U mening e’tiborimni o‘tgan yili tortgandi. Juda yaxshi markaziy himoyachi, u avvalo o‘zining salmoqli jismoniy ma’lumotlari bilan ajralib turadi (bo‘yi 196 sm – tahr.). Unga qarshi o‘ynashni yoki hech bo‘lmaganda yakkakurashga kirishishni hech kim istamaydi», — dedi Germaniya terma jamoasi va «Real»ning sobiq futbolchisi.

Bissekning Jahon chempionati uchun Germaniya terma jamoasiga chaqirilmagani haqida gapirar ekan, Kroos shunday dedi: «Bu bizning muvaffaqiyatga erishishimiz yoki erisha olmasligimizda hal qiluvchi omil bo‘ladimi, bilmayman».

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter