Bergomi «Milan»ni keskin tanqid qildi
«Inter» afsonasi, faoliyatining barcha 20 yilini «neradzurrilar»ga bag‘ishlagan Juzeppe Bergomi «Milan»ning mavsum yakunidagi ayanchli holatiga o‘z munosabatini bildirdi.
Bergomi «Milan»da jiddiy o‘zgarishlar va jamoani qayta qurish vaqti kelganini ta’kidladi:
«Milan» uchun yana bir bor «total qayta qurish» lahzasi keldi. Ular futbol o‘ynashni biladigan yangi jamoa qurishlari shart. Nega hozir hamma «Komo» haqida gapiryapti? Chunki ular chiroyli futbol namoyish etishmoqda. «Milan» esa o‘tgan yozda 150 million yevro sarfladi, lekin yakunda hatto Chempionlar ligasiga ham chiqa olmadi», — deya Bergomi so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, Juzeppe Bergomi 1979 yildan 1999 yilgacha «Inter» safida to‘p surgan va klub ramziga aylangan futbolchilardan biri hisoblanadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/