Pirs Morgan «Arsenal»ga kimni transfer qilishni taklif qildi?

Taniqli teleboshlovchi va «Arsenal» muxlisi Pirs Morganning fikricha, Xvicha Kvarasxeliyaning xarid qilinishi londonliklarga jahon futbolida yaqqol ustunlik qilish imkonini beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Pirs Morgandan: «Arsenal» kelajakda jahon futbolida hukmronlik qilishi uchun yozgi transferlar oynasida qaysi futbolchini olib kelishni istardingiz?» — deb so‘rashdi.

Jurnalist esa bu savolga qisqa va lo‘nda: «Xvicha Kvarasxeliya», — deya javob berdi.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli vinger joriy mavsumda «PSJ» safida barcha turnirlarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter