Kivuning jahon chempionatida favorit jamoasi yo‘q
Ruminiya terma jamoasi jahon chempionatining final bosqichiga chiqa olmadi, shu sababli Milanning «Inter» klubi ustozi Kristian Kivuning muxlislik qiladigan jamoasi yo‘q. Bu haqda u mavsumning so‘nggi o‘yini «Bolonya»ga qarshi bahsdan (3:3) so‘ng o‘zini o‘rab olgan jurnalistlarga ma’lum qildi.
«Kimga muxlislik qilaman? Oilamga. Bu davr mobaynida ko‘proq vaqtimni ularga bag‘ishlayman. So‘nggi o‘n besh yil ichida oilam uchun deyarli vaqtim bo‘lmadi — avvaliga «Parma»ni qutqardim, keyin esa «Inter»dagi ishlar chiqib qoldi», — deya Kivuning so‘zlarini fcinter1908.it nashri keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/