Frenki ketadimi?

«Barselona»ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Frenki de Yong shu yozda faoliyatini boshqa klubda davom ettirish variantlarini ko‘rib chiqish-chiqmasligi haqidagi savolga javob berdi. Xavbek 2019 yilning yozidan buyon «ko‘k-anorranglilar» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Joriy mavsumda de Yong klub miqyosida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Men shu yozda «Barsa»dan ketmayman. Hatto xayolimga ham bunday fikr kelmagan», — deya de Yongning so‘zlarini keltirmoqda X ijtimoiy tarmog‘idagi The Touchline nashri.

Frenkining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali yarim himoyachining bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter