Mourinyo «Real» uchun to‘rtta transfer maqsadini belgiladi

Joze Mourinyo tez orada «Real» bosh murabbiyi lavozimiga qaytadi. The Touchline nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, u Madrid klubidan allaqachon to‘rtta transfer yo‘nalishi bo‘yicha ish boshlashni so‘ragan.

Mourinyo «qaymoqranglilar» tarkibiga quyidagi pozisiyalar uchun futbolchilar sotib olinishini istamoqda:

Bir yoki ikkita markaziy himoyachi;

Bitta o‘ng qanot himoyachisi;

Bir yoki ikkita yarim himoyachi;

Bitta vinger.

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni «Real» safarda «Sevilya»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona gol muallifi Vinisius Junior bo‘ldi. Madridliklar 2025/2026 yilgi mavsumning so‘nggi o‘yinini shanba kuni, 23 mayda o‘z maydonlarida «Atletik»ka qarshi o‘tkazadilar.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter