Lotar Matteus: «Bavariya» Yoshko Gvardiol transferi bo‘yicha ish boshladi»

«Bavariya»ning sobiq futbolchisi Lotar Matteus myunxenliklarning «Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiolga qiziqish bildirayotgani haqida gapirdi.

«Mening eshitishimcha, ular [«Bavariya»] allaqachon dastlabki so‘rovlarni boshlab yuborishgan», — dedi Matteus.

24 yoshli xorvatiyalik futbolchi 2023 yildan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha u Bundesligada «RB Leypsig» tarkibida to‘p surgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter