APL murabbiyi Mourinyoning o‘rnini egallash uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda
«Benfika» klubi Joze Mourinyo bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Portugaliyalik mutaxassis Madridning «Real» klubiga qaytishga tobora yaqinlashmoqda, shu sababli «burgutlar» rahbariyati unga o‘rinbosar qidirishni boshlab yuborgan.
Yil boshida Lissabon klubi prezidenti Ruy Koshta Ruben Amorimni Jozening ideal vorisi deb hisoblashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq jurnalist Rudi Galettining ma’lum qilishicha, ayni damda «Fulxem» ustozi Marku Silva eng ehtimoliy nomzod bo‘lib turibdi.
Shuningdek, nomzodlar orasida Karlos Visens («Braga») va Filippe Luis (ayni damda ishsiz) ham bor. Marku Silvaning londonliklar bilan shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. Avvalroq 48 yoshli mutaxassisga «Chelsi» tomonidan ham qiziqish borligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
