Maynu APLda turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kobbi Maynu Angliya chempionati 35-turining eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Bu haqda APL matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yakshanba kuni «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Liverpul»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Maynu maydonda 90 daqiqa harakat qildi va gol muallifiga aylandi.
Hozirda «Manchester Yunayted» Premyer-liga turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasini naqd qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
