Grizmann «Atletiko»ning kayfiyati haqida gapirdi
Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Antuan Grizmann Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi javob uchrashuvi oldidan jurnalistlar qarshisida chiqish qildi.
Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi bahs 5 may kuni bo‘lib o‘tadi. Birinchi o‘yinda jamoalar 1:1 hisobida murosa ko‘chasini tanlashgan edi.
«Umid qilamanki, biz to‘g‘ri ruhiy holatni namoyish eta olamiz va bosimga bardosh beramiz. Chempionlar ligasi o‘yinlari har doim o‘ziga xos va hayajonli bo‘lib kelgan. Bolaligimdan bu turnir o‘yinlarini tomosha qilib kelganim menga doimo yordam bergan», — deya Grizmannning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
