Klopp Arbeloaning o‘rniga asosiy da’vogar

Madridning «Real» klubi keyingi mavsum uchun yangi bosh murabbiy izlash bilan band. «Qaymoqranglilar»ning qiziqishlar doirasida hamon «Borussiya» va «Liverpul» sobiq ustozi Yurgen Klopp qolmoqda.

Insayder Ramon Alvares de Munning xabar berishicha, germaniyalik mutaxassis «qirollik klubi» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Ayni damda jamoani ispaniyalik Alvaro Arbeloa boshqarib turibdi.

«Real» Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida Kataloniyaning «Barselona» jamoasidan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Chempionlar ligasida esa Madrid grandi o‘z ishtirokini chorak final bosqichida to‘xtatgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter