Gordon «Nyukasl»dan ketmoqchi

«Nyukasl» vingeri Entoni Gordon yozgi transfer oynasida jamoani tark etish niyatida. Bu haqda jurnalist Lyuk Edvards xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Gordon xuddi o‘tgan yozda Aleksandr Isak qilganidek, yuqoriroq darajadagi klubga o‘tmoqchi. Futbolchi allaqachon «Nyukasl» darajasidan o‘sib bo‘lganini va yangi chorlovlarga tayyor ekanligini his qilmoqda. Angliyalik futbolchi ko‘proq maosh olishni va muntazam ravishda Chempionlar ligasida ishtirok etishni istaydi.

Joriy mavsumda 25 yoshli Gordon barcha musobaqalarda 46 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini 17 bor ishg‘ol qildi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter