Jerrard: «Keyn — fenomenal»

«Liverpul»ning sobiq sardori Stiven Jerrard joriy mavsumda 50 ta gol chegarasiga yetgan Xarri Keynning ko‘rsatkichlaridan hayratda. U hujumchining ajoyib barqarorligiga quyidagicha izoh berdi:

«Xarri Keyn sha’niga navbatdagi olqishlar qanchalik o‘rinli ekanini bilmayman-u, lekin bir mavsumda 50 ta gol urish — bu shunchaki fenomenal natija. Menimcha, Keyn «Oltin to‘p» haqida orzu qilishga to‘la haqli. Har holda, u Mbappe va Vinisiusni ortda qoldirib ketdi. Xarri hozir bu haqda o‘ylab, yuzida tabassum bilan yurganiga ishonchim komil», — deya Jerrardning so‘zlarini BBC Sport nashri keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, inglizlik to‘purar 2023 yildan beri Myunxenning «Bavariya» klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. U kecha «Real»ga qarshi kechgan dramatik bahsda (4:3) ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yib, jamoasining yarim finalga chiqishiga katta hissa qo‘shdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter