Frenk Lempard APL klubini boshqarishi mumkin

Ayni damda «Koventri» bosh murabbiyi lavozimida ishlayotgan angliyalik mutaxassis Frenk Lempard Premyer-liga klublaridan birida ish boshlashi mumkin. Bu haqda Britaniya jurnalistlari xabar bermoqda.

Murabbiyni o‘z safiga qo‘shib olishga «Bornmut» klubi qiziqish bildirmoqda. Jamoaning amaldagi ustozi Andoni Iraola joriy mavsum yakunlangach, klubni tark etadi.

Angliya chempionatining 32 turidan so‘ng «olchalar» 45 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 11-pog‘onasida borishmoqda. So‘nggi uchrashuvda «Bornmut» safarda kutilmaganda Londonning «Arsenal» jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Lempard boshchiligidagi «Koventri» esa Chempionship turnir jadvalida ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter