Jekson «Milan»ning asosiy nishoniga aylandi

«Chelsi»ga tegishli bo‘lgan va hozirda «Bavariya»da ijara asosida to‘p surayotgan hujumchi Nikolas Jekson faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Myunxen klubi senegallik futbolchining transferini sotib olish niyatida emas. Shu sababli, hujumchi yozda o‘ziga yangi jamoa izlashiga to‘g‘ri keladi. Topskills Sports UK nashrining xabariga ko‘ra, Jekson «Milan»ning transfer bozoridagi asosiy maqsadiga aylangan. 24 yoshli futbolchining o‘zi ham «rossonerilar» lageriga o‘tishga katta qiziqish bildirmoqda.

Nikolas Jekson joriy mavsumda «Bavariya» safida barcha turnirlarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shanba kuni «Sankt-Pauli»ga qarshi kechgan bahsda (5:0) u bitta gol va bitta assist qayd etdi.

Hozirda Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter