Rabyo Rafael Leau haqida gapirdi

«Milan» yarimhimoyachisi Adriyen Rabyo jamoadoshi portugaliyalik vinger Rafael Leau haqida gapirdi.

«Rafa Leau katta salohiyatga ega desak adolatdan bo‘ladi: u kuchli, buni isbotladi. Bu yerga kelganimdan beri Leau o‘zgarib ketdi. Ishga munosabat darajasida u boshqacha bo‘lib qoldi va bu juda muhim jihat. U yuqori darajadagi o‘yinchi va biz buni yaxshi bilamiz. Shu bilan birga u o‘sishda davom etishi kerak. Hammasi uning o‘ziga bog‘liq», – deya Rabyoning so‘zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.

Trnasfermarkt internet portali Rafael Leauning bozor narxini 70 mln yevroga baholamoqda. U joriy mavsum «Milan» safida barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter