Pedri treblni orzu qilmoqda

Kataloniyaning «Barselona» klubi yarim himoyachisi Pedri klubdagi orzusi haqida gapirib berdi.

«Treblni yutish fantastika bo‘lardi. Lekin, tushunish kerakki, hozir bu oson emas. Kuchli klublar ko‘p – «Arsenal», «Manchester Siti», «Real» va albatta, Luis Enrike boshqaradigan «PSJ». Men Chempionlar Ligasi favoritlarini aytdim, ammo «Barsa»ni ham esdan chiqarmagan ma’qul,» – deya Pedrining so‘zlarini keltiradi Esquire.

Oxirgi marta «Barselona» 2015 yilda qit’aning eng nufuzli futbol turnirida g‘alaba qozongan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter