«Barselona» La Ligada yubiley 1800-g‘alabasiga erishdi
Kataloniyaning «Barselona» klubi Ispaniya chempionatining 15-turida Sevilyaning «Betis» jamoasini 5:3 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba «Barsa» uchun yubiley, klubning La Ligadagi tarixidagi 1800-g‘alabasi bo‘ldi. Jamoa ligada jami 3082 ta o‘yin o‘tkazgan.
«Barselona»ning Ispaniya chempionatidagi birinchi g‘alabasi 1929 yil 12 fevralda qo‘lga kiritilgan, o‘shanda Santanderning «Rasing» jamoasi taslim qilingan. «Barselona»ning minginchi g‘alabasi 1993 yil 26 sentyabrda «Saragosa»ga qarshi o‘yinda (4:1) bo‘lgan.
Nihoyat, Kataloniya super klubining chempionatdagi 1700-g‘alabasi 2022 yil 3 aprelda sodir bo‘ldi. Chempionatda yana yuzta g‘alaba qozonish va 1800-g‘alaba ko‘rsatkichiga erishish uchun yana uch yil, sakkiz oy va uch kun kerak bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/