Turkiya Superligasi. «Bashakshehir» – «Fenerbaxche» uchrashuvida kuchlar teng keldi

Turkiya chempionati 15-turida «Istanbul Bashakshehir» o‘z maydonida «Fenerbaxche»ni qabul qildi. Bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.

O‘yinning 64-daqiqasida Milan Shkrinyar o‘z goli bilan mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Abbosbek Fayzullayev o‘rniga 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Bert O‘zgyur mezbonlarga 1 ochko olib bergan golni 81-daqiqada kiritdi.

«Bashakshehir» safida Eldor Shomurodov to‘liq o‘yin o‘tkazdi. Fayzullayev 46-daqiqada ogohlantirish oldi va 71-daqiqada zaxiraga olindi.

«Bashakshehir» 17 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. «Fenerbaxche» 33 ochko bilan 2-pog‘onada.

Manba: www.stadion.uz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter