Kanisares: «Bu men ko‘rgan eng yaxshi darvozabon»
Ispaniya terma jamoasi va «Valensiya» klubining sobiq darvozaboni Santyago Kanisares Madridning «Real» klubida to‘p tepayotgan belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua haqida gapirdi.
«Tibo – men ko‘rgan eng yaxshi darvozabon. Bunga shubham ham yo‘q. Mening fikrimcha, Kurtua ajoyib sifatlar arsenaliga ega bo‘lgan eng yaxshi darvozabon. Hujumchilar haqida gapiradigan bo‘lsam, Ronaldu, Messi, Maradona, Mbappe va Ronaldoni aytishim mumkin», – deya Kanisaresning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
33 yoshli belgiyalik 2018 yilning yozida «qirollik klubi» safiga qo‘shilgandi. Kurtua va «qaymoqranglilar» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2027 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Uning bozor qiymati 20 million yevroga baholanmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/