Marselo: «Mbappe — fantastik futbolchi va ajoyib iste’dod. U bilan bir jamoada o‘ynashni istardim»
Madridning «Real» klubi sobiq himoyachisi Marselo jamoa hujumchisi Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.
«U fantastik, hayratlanarli, jismoniy imkoniyatlariga ko‘ra haqiqiy mo‘’jiza. U beqiyos iste’dod egasi, mehnatkash, jangchi, gollar uradi… Uni juda yaxshi ko‘raman. U bilan birga o‘ynashni istagandim, lekin u bir oz kechroq keldi», — deydi Marselo AS nashriga bergan intervyusida.
Mbappe 2024 yili «Real» safiga qo‘shilgan. Uning madridliklar bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Joriy mavsumda fransuz yulduzi barcha turnirlar doirasida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol urgan va 4 ta assist qayd etgan.
Manba: championat.com
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
