Mbappe: «Ronaldu erishgan natijaga erishish uchun hali juda uzoq yo‘l bosish kerak»
Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe klubning sobiq yulduzi Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslanishi haqida gapirdi.
Chorshanba kuni fransiyalik futbolchi Gresiyaning «Olimpiakos» klubiga qarshi o‘yinda poker qayd etdi (4:3).
«Ronaldu? U erishgan natijaga «Real»da erishish uchun uzoq yo‘lni bosib o‘tishim kerak,» – deya «qaymoqranglilar»ning 26 yoshli forvardining so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Kilian Mbappe Yevropa Chempionlar Ligasining joriy mavsumi to‘purarlari ro‘yxatida umumiy bosqichning 5 turidan keyin kiritilgan 9 ta gol bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/