Rays Kaysedo bilan taqqoslanishiga munosabat bildirdi
Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Deklan Rays «Chelsi» futbolchisi Moyses Kaysedo bilan taqqoslanishi haqidagi savolga javob berdi.
Yakshanba kuni ularning jamoalari chempionatning 13-turida o‘zaro to‘qnash keladi.
«Men Kaysedoni juda hurmat qilaman – o‘tgan mavsumda uni APLda yilning eng yaxshi jamoasiga kiritgandim. Menimcha, u o‘zini ajoyib tarzda ko‘rsatdi. Bizni ko‘pincha taqqoslashadi, ammo turli pozisiyalarda o‘ynaymiz,» – dedi Rays Chempionlar ligasi doirasida «Bavariya»ga qarshi o‘yindan (3:1) keyin CBS Sports’ga bergan intervyusida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/